Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib 2700 dollar olgan shaxs ushlandi
Samarqand viloyati Ishtixon tumanida fuqaroni o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib 2700 AQSh dollari olgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro R.B. ushlangan. U fuqaro A.ning ishonchiga kirib, uni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 2 700 dollarni qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Samarqandda o‘qishga kiritish uchun fuqarodan 7000 dollar olgan shaxs ushlandi
Mavzuga oid
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi
20:43 / 30.04.2025