Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vishvanatan Anand o‘zbekistonliklarni “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirida qatnashishga chaqirdi
Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Vishvanatan Anand “Zakovat-Gambit” shaxmat turnirida ishtirok etadi. Musobaqa 10–15 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi.
Anand turnirda ishtirok etish niyatida bo‘lganlarni ro‘yxatdan o‘tishga chaqirdi.
“Tez orada Toshkentda katta shaxmat turniri – “Zakovat-Gambit” bo‘lib o‘tadi. Siz ham ro‘yxatdan o‘ting va ishtirok eting. Bu shaxmat o‘ynash uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi. Uchrashuvimizni sabrsizlik bilan kutib qolaman”, – deydi Anand.
10–15 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionatining mukofot fondi 610 million so‘mni tashkil etadi.
“Zakovat-Gambit” chempionati mehmonlari orasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionlari Vishvanatan Anand, Rustam Qosimjonov va 2016 yilda o‘yin seansidagi partiyalar soni bo‘yicha shaxmat jahon rekordini o‘rnatgan (48 o‘yin) Timur Gareyev ham bor.
Shuningdek, 2018 yilda 20 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan shaxmat bo‘yicha jahon chempionati ikkinchi o‘rin sovrindori hamda 2019 yilda jahonning eng yaxshi 30 shaxmatchisi qatoridan joy olgan Gulruxbegim Tohirjonova qatnashadi.
Toshkentdagi chempionatda ular nafaqat mehmon bo‘lishadi, balki ishtirokchilar bilan shaxmat o‘ynashadi va master-klasslar o‘tkazadilar.
“Zakovat-Gambit”da yoshi va shaxmatdagi darajasidan qat'i nazar, faqat O‘zbekiston fuqarolari qatnasha oladi. Ishtirok etish uchun arizalar gambit.zakovat.tv sayti orqali, 7 avgust soat 10:00ga qadar qabul qilinadi.
O‘yin shartlari batafsil gambit.zakovat.tv saytida keltirib o‘tilgan.
Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025