Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh oxirgi 40 yildagi eng yirik harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshladi
Mashg‘ulotlarga 36ta jangovar kema, jumladan, aviatashuvchilar, raketa kreyserlari, esminetslar, suvosti kemalari, dengiz aviatsiyasi, dengiz piyoda qo‘shinlari jalb etilgan.
AQSh LSE 2021 (Large Scale Exercise 2021) global integratsiyalashgan harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini boshladi, deb xabar berdi AQSh harbiy-dengiz kuchlari.
Amerika harbiylarining ma'lumot berishicha, 16 avgustgacha davom etadigan LSE 2021 mashg‘ulotlari “dushman kuchlariga global qarshilik ko‘rsatish ssenariylariga asoslangan”.
Qayd etilishicha, LSE 2021 sovuq urush davridan buyon o‘tkazilayotgan eng yirik harbiy-dengiz mashg‘ulotlari hisoblanadi. So‘nggi marta bunday ko‘lamdagi mashg‘ulotlari 1981 yilda o‘tkazilgan.
Harbiy-dengiz mashg‘ulotlariga 36 ta jangovar kema, jumladan, aviatashuvchilar, raketa kreyserlari, esminetslar, suvosti kemalari, dengiz aviatsiyasi, dengiz piyoda qo‘shinlari jalb etilgan. Mashg‘ulotlarda 25 mingdan ortiq harbiy xizmatchi ishtirok etadi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025