Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq firibgarliklar aniqlandi
Buxoroda fuqaroga yer sotayotgan, Qashqadaryo viloyatida esa tanishlari orqali dala shiyponini rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.N. ushlangan. U boshqa bir fuqaro F.ning ishonchiga kirib, unga «Z» MFY hududida joylashgan 12 sotix yer maydonini 10 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 5 ming dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati, Mirishkor tumanida yashovchi firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun muqaddam sudlangan fuqaro U.S. ushlangan. U fuqaro O.ning ishonchiga kirib, unga «Obodon» MFY hududida joylashgan dala shiyponini tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib olib berishni va'da qilib, evaziga 1 ming dollar olib, o‘zining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025