Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oltinko‘l tumanida talabaning o‘qishini ko‘chirtirib berishni va'da qilgan talaba ushlandi
U Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universitetidagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga ko‘chirib berishni va'da qilgan.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Andijon davlat universiteti talabasi S.E. fuqaro M.ning ishonchiga kirib, uning Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh texnologiyalar universitetidagi o‘qishini Namangan davlat universitetiga yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali ko‘chirtirib berish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijon viloyatida Koreya Respublikasiga ishga yuborishni va'da qilgan firibgar ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
21:42 / 22.12.2024
O‘zbekistonda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi
10:51 / 09.12.2024
O‘zbekistonga xorijdan talabalarni jalb etish bo‘yicha maxsus platforma yaratiladi
10:53 / 05.12.2024
Talabalar uchun qishki ta’til 25 dekabrdan boshlanadi
10:12 / 20.11.2024