Tasvirlar orqali O‘zbekistonni dunyoga tanitishni maqsad qilganman - Sirdaryolik hunarmand
Mirzaobod tumani Bog‘iston mahallasida istiqomat qiluvchi Nargiza Yulchiyeva Sirdaryo viloyatining oz sonli kashtachi hunarmandlaridan. Bu kasb bilan 2017 yildan boshlab shug‘ullanib keladi.
Dastlab o‘zining dugonasidan, so‘ngra internet orqali kashtachi hunarmandlar tomonidan mahsulot tayyorlash jarayoni haqidagi videoroliklar orqali kashtachilik sirlarini o‘rgangan. Kelgusida bu kasbi orqali katta daromad olishni rejalashtirgan.
Nargiza Yulchiyeva matoga turli ranglardagi tabiat va manzarali rasmlarni tasvirini tushiradi. Buning uchun kanva matosi, mulina, gamma, kirova, DMS iplaridan foydalaniladi. Eng oddiy shakldagi rasmlarni tayyorlash uchun ikki xaftadan bir oygacha bo‘lgan vaqt talab etiladi.
«Bitta mahsulotni tayyorlash uchun tasvirni murakkabligiga qarab ikki xaftadan 75 kungacha bo‘lgan vaqt sarflayman. Avvalo tayyorlanadigan tasvir uchun kanva matosini olib, uni kerakli hajmga moslab olinadi. Iplarni gamma va DMS nomli turlaridan foydalanaman. Kashtachilik bilan shug‘ullanish uchun sabrli bo‘lish talab etiladi. Hozirda O‘zbekistonning tarixiy shaharlari, madaniy va tarixiy obidalar, masjidlar va milliy an'analarmizni tasvirini yaratmoqchiman», — deydi hunarmand Nargiza Yulchiyeva.
Kelgusida shogirdlar tayyorlash, ularga kashtachilik sirlarini o‘rgatishni rejalashtirgan. 2021 yilning sentyabr-oktyabr oylarida hunarmandlar markazi hisoblangan Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan 2-xalqaro hunarmandlar festivalida ham o‘z mahsulotlari bilan qatnashishni niyat qilgan.
Shuhrat Yunusov, Kun.uz muxbiri.
Tavsiya etamiz
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
Markaziy bank kartadan pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan yangi talabga izoh berdi
Iqtisodiyot | 17:09 / 05.04.2025
Mavzuga oid

11:55 / 27.08.2024
Mirzaobod tumaniga ham bank rahbari hokim bo‘ldi

16:28 / 17.08.2024
Toshkentda milliy hunarmandchilik namunalari ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tmoqda

22:14 / 30.03.2024
Marg‘ilonda hunarmandchilik, tadbirkorlik va dizayn bo‘yicha UNESCO treningi boshlandi

10:37 / 30.03.2024