Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkabog‘ tumani aholisining 2 yil oldingi «snos» bo‘yicha qarzlari to‘liq qoplandi
Yakkabog‘ tumani aholisining 2 yil oldingi «snos» bo‘yicha qolib kelayotgan davlat qarzlari to‘liq qoplangan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2019 yilda Yakkabog‘ tumanida hokimiyat tomonidan «snos» ishlari amalga oshirilgan va o‘shanda mulki buzilgan aholining bir qismiga tovon pullari to‘lanmay qolib ketgan edi. Yaqinda viloyat hokimi tomonidan o‘sha pulning 2,3 milliard so‘mi tovon puli olishi kerak bo‘lgan odamlarga tarqatilgandi. Kecha qolgan qarz 1,7 milliard so‘m aholiga tarqatilgan va 2019 yildan beri qolib kelayotgan qarz to‘liq to‘lab berilgan.

Ma'lum qilinishicha, buzilgan 2 ta turar joy uchun 192 million 780 ming va 38 ta noturar joy uchun 1 milliard 507 million so‘m mablag‘ 2 avgust kuni viloyat moliya boshqarmasi mas'ullari hamda Yakkabog‘ tumani hokimi Lutfiddin Abdullayev boshchiligida o‘z egalariga topshirilgan.

Mavzuga oid
17:12 / 07.12.2024
Toshkentda yana “snos” masalasi: odamlar va’da qilingan uylarni ololmayapti
11:38 / 25.09.2024
Qashqadaryoda ov miltig‘i otilishi oqibatida ayol kishi halok bo‘ldi
21:55 / 16.07.2024
Tergovga tortilgan “zamhokim” tadbirkorlarni ta’qib qilmoqda. Unga kuch berayotgan amaldor kim?
18:51 / 14.11.2023