Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya bolalar huquqlarini himoyalash sohasida memorandum imzoladi
O‘zbekiston va Rossiya bolalar huquqlari va manfaatlarini himoyalash sohasida hamkorlik va o‘zaro hamfikrlik haqida memorandum imzoladi. O‘zbekiston tomondan hujjatni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Aliya Yunusova, Rossiya tomondan esa uning hamkasbi Anna Kuznetsova imzoladi.
Aliya Yunusovaning ta'kidlashicha, hujjatning imzolanishi migrantlar farzandlari huquqlari va manfaatlarini himoyalash va bu sohada o‘zaro ko‘mak ko‘rsatish masalalarini hal qilish bo‘yicha aniq mexanizmlarini belgilab olish zarurati bilan bog‘langan.
O‘z navbatida, Rossiya vakili hujjat bolalar huquqlari va manfaatlarini himoyalash sohasida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish uchun poydevor bo‘lishini aytgan. “Bolalarga taalluqli barcha masalalar zudlik bilan topilishi kerak bo‘lgan yechimlarni, turli byurokratik vajlarni imkonsiz qiluvchi professional harakatlarni talab qiladi. Hujjat bolalarga oid aniq muammolarni hal qilishga imkon beradi. Biz unga bolalar muammolarini hal qilish uchun zarur barcha jihatlarni tatbiq qilamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Kuznetsova.
Mavzuga oid
13:21 / 28.05.2025
Yozgi oromgohlar uchun yo‘llanmani onlayn olish imkoni yaratildi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
08:40 / 13.05.2025