Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShga faqat to‘liq emlangan xorijliklar kirishiga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
AQSh hukumati koronavirusga qarshi to‘liq emlangan chet elliklargagina mamlakatga kirish uchun ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters, The New York Times, CNN va boshqa ommaviy axborot vositalari prezident Jo Bayden ma'muriyatidagi manbaga asoslanib xabar bermoqda.
Yangi qoidalarda, shuningdek, AQShga kirish uchun koronavirusga qarshi emlanishiga hojat bo‘lmagan odamlar toifalari ro‘yxati ham keltirilgan. Meduza’ning yozishicha, bu istisnolar nimalardan iboratligi hozircha noma'lum. Nashr istisnoli holatlar ozligini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, yangi qoidalar mamlakatda epidemiologik vaziyat yaxshilanganidan keyin kuchga kiradi. Ularni qachon joriy etish rejalashtirilgani hozircha aniq emas. Iyul oyi oxirida Oq uy Qo‘shma Shtatlarga kirishda o‘rnatilgan cheklovlar dunyoda koronavirusning delta shtammi tarqalayotgani tufayli hozircha saqlanib qolishini ma'lum qilgandi.
Endi chet elliklar ham, mamlakatga qaytayotgan AQSh fuqarolari ham koronavirus infeksiyasini yuqtirmaganliklarini tasdiqlovchi test javobiga yoki kasallikka chalinib tuzalib chiqqani haqidagi COVID-19 sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. AQShga quruqlik chegaralari orqali kirishga faqat o‘ta zaruriy hollardagina ruxsat beriladi.
So‘nggi ikki hafta ichida Xitoy, Eron, Hindiston, Braziliya, Janubiy Afrika, shuningdek, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Shengen davlatlarida bo‘lgan chet elliklarning AQShga kirishi taqiqlangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025