Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madridda “Ndrangeta” italyan jinoiy sindikatining yetakchisi hibsga olindi
Madridda italyan mafiyasi bosslaridan biri, dunyodagi eng boy jinoiy guruhlardan biri – “Ndrangeta” jinoiy sindikatining yetakchisi Domeniko Pavilyaniti hibsga olindi.
60 yoshli Pavilyaniti italiyalik karabinerlar bilan o‘tkazilgan qo‘shma amaliyot davomida qo‘lga olingan. Uning yonidan Portugaliyaning qalbaki hujjatlari, 6ta mobil telefon va 6 ming yevro topilgan.
Politsiyaning ta'kidlashicha, Pavilyaniti Italiyaning Kalabriya regionida joylashgan “Ndrangeta” jinoiy sindikatining yetakchisi hisoblanadi.
Pavilyaniti shu yilning yanvar oyida bir qator jinoyatlar, jumladan qotillik va giyohvandfurushlik uchun sirtdan 11 yil 8 oy 15 kunga ozodlikdan mahrum etilgandi.
Avval u Italiyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Biroq keyinroq jazo muddati 30 yilgacha qisqartirilib, Pavilyaniti 2019 yil oktyabrda ozodlikka chiqarilgan.
Shundan keyin u Ispaniyaga qochib ketgan. Bu yerda unga sheriklari yordam berib turgan.
Tergovchilarning ta'kidlashicha, “Ndrangeta” kokain sotishdan olgan o‘n milliardlab dollardan o‘z jinoiy ta'sirini Yevropa, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrikaga yoyish uchun foydalangan.
Italiyada 2021 yil boshida mafiya ustidan 30 yil ichidagi eng katta sud jarayoni boshlangandi. Uning doirasida “Ndrangeta”ning 355 a'zosi sudga tortilgan.
Mavzuga oid
21:51 / 11.02.2025
Italiyada mafiyaga qarshi yirik operatsiya o‘tkazildi
18:57 / 22.10.2024
Kolumbiyada Italiya mafiyasi yetakchisi qo‘lga olindi
10:15 / 15.05.2024
Italiyada mafiyaga a’zolikda gumon qilingan 100 dan ortiq kishi ushlandi
16:28 / 15.04.2024