Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda hokimiyat binosi oldida qizi urgan nogiron ayolga himoya orderi berildi
Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida yashovchi ayol nogiron onasini viloyat hokimligi binosi oldida mutasaddilardan pul so‘ramagani uchun urgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat IIB mazkur oiladagi muhitni o‘rganib nogiron onaxonga himoya orderi bergan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, holat viloyat IIB xodimlari va boshqa tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘rganilgan. O‘rganish davomida, mazkur oilada muhit yaxshi emasligi, hokimiyat binosi oldida onasiga qo‘l ko‘targan O.Ximmatova muntazam onasiga tayziq o‘tkazib kelgani aniqlangan.
Jumladan, mahalla ahli va qo‘shnilar, Qarshi shahar «Shayxali» MFY 18-yotoqxonada yashovchi fuqaro O.Ximmatova onasi A.Mengayevaga doim ruhiy va jismoniy tazyiq o‘tkazib kelganini, hatto issiq kunlarda uni nogironlar aravachasi bilan katta yo‘l yoqasiga chiqarib qo‘yganini aytishgan.
Qarshi shahar IIO FMB xodimlari qizi tomonidan muntazam tazyiq o‘tkazib kelingani uchun A.Mengayevaga himoya orderi rasmiylashtirib bergan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
09:46 / 30.04.2025
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025