Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” afg‘on amaldorlariga hujumlarni davom ettirish bilan tahdid qildi
“Tolibon” harakati vakili Zabihulla Mujohid toliblar Afg‘oniston mudofaa vazirining Kobuldagi uyiga hujumdan keyin afg‘on mansabdor shaxslariga hujumlarni davom ettirishini aytdi.
3 avgustda noma'lum shaxslar Afg‘oniston mudofaa vaziri general Bismillo Xon Muhammadiyning uyiga hujum uyushtirdi. Hujum davomida 8 kishi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan.
Keyinroq hujum uchun javobgarlikni “Tolibon” o‘z zimmasiga olgan.
“Xudkushning bu hujumi ma'muriyat yetakchilari va muhim shaxslariga qarshi javob amaliyotining boshlanishidir”, deb yozgan Mujohid Twitter’da.
Guvohlardan birining ta'kidlashicha, Afg‘oniston mudofaa vaziri uyi oldida dastlab avtomobil portlatilgan, so‘ngra uyga bir necha qurollangan kishi bostirib kirgan. Hujum oqibatida Muhammadiy va uning oila a'zolariga zarar yetmagan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025