Xitoy 2020 yilda qariyb 90 mlrd dollarlik tibbiy niqob sotdi
2020 yil aprelida bir dona tibbiy niqobning eksport narxi 2019 yil dekabridagiga nisbatan 720,8 foizga o‘sgan.
Xitoy kompaniyalari pandemiyaning birinchi yilida qariyb 90 mlrd dollarlik tibbiy niqob va shaxsiy himoya vositalari sotdi. Bu haqda Peterson jahon iqtisodiyoti instituti hisobotida aytilmoqda.
Qayd etilishicha, 2019 yilda 22,9 milliard dollarlik, 2020 yilda esa 88,1 milliard dollarlik shaxsiy himoya vositalari eksport qilingan.
Jami summaning 53,8 milliard dollari niqob va respiratorlarga, 16,8 milliardi yuz to‘rlariga, 10,8 milliardi himoya kiyimlari va 3,9 milliardi qo‘lqoplarga to‘g‘ri keladi.
2020 yil aprelida bir dona tibbiy niqobning eksport narxi 2019 yil dekabridagiga nisbatan 720,8 foizga o‘sgan.
Xitoy shaxsiy himoya vositalarini asosan AQSh va Yevroittifoqqa eksport qilgan.
Mavzuga oid
20:08
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024