O‘zbekiston | 10:35 / 05.08.2021
11268
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda

Yunusobod tumanida yangi mavze tashkil etilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Yunusobod tumani hokimining “Yunusobod tumani “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomini berish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Loyihaga muvofiq, qaror qabul qilingach, “Otchopar-2” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yangi tashkil etilayotgan mavzega “Manzara” nomi aks etgan nomlagichlar o‘rnatiladi va tegishli hujjatlarga o‘zgartirish kiritiladi.

Xalq deputatlari Yunusobod tuman kengashining Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari hamda Sanoat, transport, qurilish, aloqa va aholiga xizmatlar ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalari hujjat ijrosini nazorat qiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid