Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijon va Xorazmda o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan OTM hisobchisi va talaba ushlandi
Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi 10 ming dollar bilan, UrDU talabasi esa 5 ming dollar olgan paytida qo‘lga tushdi.
Andijon davlat tibbiyot instituti hisobchisi M.A. abituriyent D.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali institutning “Pediatriya ishi” yo‘nalishiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 10 000 dollar bilan birga fuqarolik pasporti nusxasi va abituriyent varaqchasini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tezkor tadbir Bosh prokuratura departamentining Andijon shahar bo‘limi tomonidan viloyat DXX bilan hamkorlikda o‘tkazilgan. Bu haqda departament matbuot xizmati xabar qildi.
Shu kabi, departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Urganch davlat universiteti talabasi M.M. fuqaro S.ni ushbu universitetning tarix fakultetiga universitetda ishlovchi tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini fuqaro O. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Bu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi
20:43 / 30.04.2025