Jahon | 21:57 / 06.08.2021
19455
2 daqiqa o‘qiladi

Belarusdagi II jahon urushi muzeyiga fotosayohat

Xizmat safari bilan Belarus Respublikasida bo‘lib qaytgan Kun.uz fotomuxbiri Minsk shahridagi Ulug‘ vatan urushi davlat muzeyidan fotoreportaj tayyorladi.

Muzey eksponatlari bilan tanishar ekansiz, insoniyat o‘tgan asrning o‘zida ikkita jahon urushidek qirg‘inbarotni boshidan kechirgani, bunga takror yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, urushning dahshatli hodisaligini beixtiyor xayoldan o‘tkazasiz.

Ikkinchi jahon urushida salkam 60 mln inson yostig‘i qurigan. Ularning aksari 18-40 yosh orasidagi yoshlar bo‘lgan. Ayollar, keksalar va bolalar ham borligi, urush hech kimga qarab o‘tirmasligini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga, achinarli jihati shundaki, hamon kurrayi zaminning turli nuqtalarida har xil ko‘rinishlarda insonlar bir-birlarini o‘ldirmoqda, urush olovi batamom so‘nayotgani yo‘q.

Muzey eksponatlari bilan tanishar ekanmiz, o‘zbekistonlik G‘. Toshniyozov suratiga ko‘zimiz tushdi. Izohda yozilishicha, hamyurtimiz Minsk oblasti «Razgrom» (Tor-mor) brigadasi, «Iskra» (Uchqun) otryadining qo‘poruvchilik guruhi komandiri bo‘lib, 1944 yil aprel oyida dushman eshelonini portlatishda halok bo‘lgan.

Fotosuratlarda o‘sha davrda qo‘llanilgan qurol-aslahalar, harbiy texnikalar namunalari, shuningdek bevosita urush lahzalarini ko‘rishingiz mumkin.

Suratlar muallifi – Sherzod Egamberdiyev

Mavzuga oid