Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshi shahridagi chorrahada yuk mashinasi va “Nexia-3” to‘qnashdi
Qarshi shahrida joylashgan chorrahalardan birida “MAN” rusumli yuk mashinasi va “Nexia-3” to‘qnashgan. Bu haqda IIV YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 2 avgust kuni soat 14:50 larda, Qarshi shahar, Islom Karimov hamda Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada haydovchi E.D. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk mashinasi hamda haydovchi I.U. boshqaruvidagi “Nexia-3” ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Oqibatda “Nexia-3” mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda mazkur yo‘l-transporti hodisasi tasvirlangan video tarqaldi. Unda svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib, chorraha o‘rtasiga yetgan “Nexia-3” mashinasini boshqa ko‘chadan chiqib kelgan yuk mashinasi kelib urgani va chorraha chetigacha surib borganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, mazkur YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025