Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand shahrida o‘zi bilan birga bo‘lgan yigitdan pul undirmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand shahrida o‘zi bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakdan pul undirmoqchi bo‘lgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Samarqand shahrida yigit bilan qiz o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida ishqiy munosabatlar bo‘lib o‘tgan. Oradan vaqt o‘tib qiz yigitga qo‘ng‘iroq qilgan va 1,5 million so‘m miqdorida pullarni bermasa uni ichki ishlar organlariga yozib berishini hamda oilasiga aytib sharmanda qilishini aytgan.
Shundan so‘ng yigit ayolning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yish uchun Samarqand shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilgan va unga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Qayd etilishicha, mazkur arizaga asosan Samarqand shahar Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda pul talab qilgan ayol ariza muallifidan 1,5 million so‘m miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Dastlabki surishtiruvda, Kattaqo‘rg‘on tumani Moybuloq qishlog‘ida yashovchi ushbu ayol avval ham bir necha marotaba firibgarlik jinoyatini sodir etib, Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan aybdor deb topilgani aniqlangan.
Ta'kidlanishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Samarqandda ayol tanishining suratlarini tarqatish bilan tahdid qilib pul olgan erkak ushlandi
Mavzuga oid
14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi
20:15 / 05.05.2025
Kartadan pul o‘g‘rilash va internetdagi “piramida”larga qarshi kurash kuchaytiriladi
16:57 / 05.05.2025
Toshkentda xavfli retsidivist odamlarni qariyb 20 mlrd so‘mga chuv tushirdi
20:43 / 30.04.2025