Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
XOQ Timanovskaya bilan bog‘liq vaziyatga aloqador ikki belaruslik murabbiyni Olimpiadadan chetlatdi
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Belarus terma jamoasining yengil atletikachi Kristina Timanovskayani Tokiodan Minskka majburan olib chiqishga urinishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan ikki a'zosini Olimpiada akkreditatsiyasidan mahrum etdi.
Gap Belarusning yengil atletika bo‘yicha terma jamoasi murabbiylari Yuriy Moisevich va Artur Shumak haqida bormoqda. Ulardan Olimpiya qishlog‘ini tark etish talab qilingan va ular bu talabni bajarishgan. Biroq XOQ ularga “Timanovskaya bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha o‘z pozitsiyalarini aytishga imkon beradi”. Reuters axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ular Tokioni tark etishlari kerak bo‘ladi.
Tokio Olimpiadasi ishtirokchisi bo‘lgan Kristina Timanovskaya belaruslik sport amaldorlarini tanqid qilgandan keyin Tokiodan Minskka majburan olib ketilmoqchi bo‘lganini ma'lum qilgan. Belarus Milliy Olimpiya qo‘mitasida sportchi “ruhiy-emotsional holati” sababli Olimpiadadagi ishtirokini to‘xtatishi va ortga qaytarilishi aytilgan.
Timanovskaya aeroportda yapon politsiyasiga murojaat qilgan. Shundan keyin u politsiya himoyasiga olingan. Yengil atletikachi XOQdan ushbu vaziyatga aralashishni so‘ragan. U Belarusga qaytishdan qo‘rqayotgani va Yevropa davlatlaridan birida boshpana so‘ramoqchiligini aytgan. Shundan keyin Polsha Timanovskayaga boshpana berishga tayyorligini bildirgan. U 3 avgustda Tokiodan Varshavaga uchib ketgan.
Ayni vaqtda XOQning intizom bo‘yicha komissiyasi sportchi bilan yuz bergan hodisa yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.
Mavzuga oid
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
16:59 / 06.03.2025
Shavkat Mirziyoyev 6 ta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi
15:15 / 16.02.2025
AQSh Lukashenko bilan siyosiy mahbuslarni ozod etish bo‘yicha «katta bitim» tayyorlamoqda
23:51 / 12.11.2024