Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilda 31 ta uy, 15 ta avtomobil aliment to‘lovi sifatida undirilgan – MIB
MIB direktorining birinchi o‘rinbosari Shavkat Haydarovning ta'kidlashicha, yil boshidan buyon 4,2 milliard so‘mlik 31 ta uy, 1,5 milliard so‘mlik 15 ta avtotransport vositalari qarzdorlardan oldindan to‘lov tariqasida aliment oluvchilariga undirib berilgan.
“Bolalarning moddiy ta'minoti uchun yil boshidan buyon 37 milliard 300 million so‘mdan ortiq aliment undirildi. Shuningdek, 4,2 milliard so‘mlik 31 ta uy, 1,5 milliard so‘mlik 15 ta avtotransport vositalari qarzdorlardan oldindan to‘lov tariqasida aliment oluvchilariga undirib berildi.
Bugungi kunga kelib, aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimiga 293 mingdan ortiq aliment oluvchi va to‘lovchi haqidagi ma'lumotlar kiritilib, ijro harakatlari bilan “onlayn” rejimda tanishib borish imkoni yaratildi. Har bir aliment oluvchi nomiga bank hisobvarag‘i ochilib, ularga 98 ming dona plastik kartochka tarqatildi.
Shuningdek, aliment to‘lash uchun istagi bo‘lib, ish masalasida yechim topolmagan 34 ming 402 nafar ishsiz aliment to‘lovchilarning ish bandligi hal qilindi”, deya Shavkat Haydarovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Avvalroq respublika bo‘yicha 2364 nafar ayol sud qarorlariga muvofiq farzandining ta'minoti uchun aliment to‘layotgani aytilgandi.
MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latovning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, hozir byuro ish yurituvidagi 1 million 346 mingta ijro hujjatining 293 mingtasini (22 foizi) aliment to‘lovlariga oid ijro ishlari tashkil qiladi.
Jizzaxlik ota farzandlarining alimenti uchun ikkita uy berdi
Qo‘qonda ota farzandlarining alimenti o‘rniga sobiq rafiqasiga «Spark» kalitlarini topshirdi
Buxoroda ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandi uchun uy va Nexia-2 sovg‘a qildi
Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m aliment to‘ladi
Mavzuga oid
20:20 / 27.05.2025
Uchqo‘rg‘on hokimligi xodimi ikki ayolidan farzandlariga bir necha yillik aliment qarzini to‘lamayapti
14:15 / 09.04.2025
Toshkent shahrida ota 1,7 mlrd so‘m aliment to‘ladi
19:24 / 06.03.2025
MIB xodimlari ham bodi-kameralardan foydalanishni boshlaydi
12:28 / 26.12.2024