Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdul-Rashid Do‘stum bayonot bilan chiqdi. Keyinroq uning uyiga toliblar tomonidan o‘t qo‘yildi
5 avgustda Afg‘onistonning eng nufuzli kishilaridan biri, mamlakatning sobiq vitse-prezidenti, o‘zbek millatiga mansub Abdul-Rashid Do‘stum bayonot bilan chiqdi. Avvalroq Do‘stum Turkiyada 1,5 oylik davolanishdan keyin Afg‘onistonga qaytgandi.
TOLOnews nashrining xabar berishicha, marshal o‘z bayonotida afg‘on siyosiy yetakchilarini o‘zlarining shaxsiy manfaatlaridan voz kechib, mamlakatni himoya qilish uchun birlashishga chaqirgan.
“Do‘stum mamlakatni qamrab olgan hozirgi inqiroz yirik fitna ekanini va mamlakat siyosiy yetakchilari dushmanlarning barcha fitnalarini to‘xtatishini aytgan”, deb ta'kidlangan xabarda.
Bundan tashqari, marshal Afg‘onistondagi urush qurbonlari xotirasini yod etgan.
“Odamlar bizdan sadoqatni kutishmoqda, biz o‘z majburiyatlarimizni bajarib, ularni yolg‘iz qoldirmaymiz. Bugun biz bu yerda odamlarni himoyalash uchun jam bo‘lganmiz va ularni aldamaymiz”, deb aytgan Do‘stum.
U toliblar Afg‘onistonning bir necha viloyatida o‘z jangchilarini to‘plaganini, biroq afg‘on xalqi ularga mamlakat hududlarini egallashga yo‘l qo‘ymasligini ta'kidlab o‘tgan.
Keyinroq, 6 avgust kuni TOLOnews marshalning Juzjon viloyati markazi Shibirg‘ondagi uyi toliblar tomonidan yoqib yuborilganini ma'lum qilgan. Shuningdek, Shibirg‘on uchun afg‘on harbiylari va toliblar o‘rtasida shiddatli janglar borgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025