Sport | 08:03 / 07.08.2021
21794
2 daqiqa o‘qiladi

Andrey Kanchelskis: «Bizning futbolchilar oltin botqoqda o‘tirishibdi, Shomurodovga esa ofarin»

Rossiya milliy jamoasining sobiq futbolchisi, «Navbahor» klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovning «Jyenoa»dan «Roma»ga o‘tishiga o‘z munosabatini bildirdi. 

«Juda yaxshi transfer. Eldor bunga munosib. U ketishdan qo‘rqmadi va «Jyenoa» tramplinidan top-klubga o‘tdi. Endi u dunyoning eng yaxshi murabbiylaridan biri — Joze Mourino qo‘l ostida ishlaydi. 

Bizning rus futbolchilari oltin botqoqda o‘tirishibdi, ularga hech narsa kerak emas. Shomurodovga esa ofarin. Bizning o‘yinchilarda hammasi yaxshi: ajoyib sharoitlar, yog‘li shartnomalar. Siz ularni o‘smaganlikda ayblay olmaysiz. Lekin ularni hamma unutadi, Shomurodov singari o‘yinchilarni esa eslab qolishadi. 

Eldorning «Roma»ga o‘tishi «Rostov» va Karpinning xizmatlaridir. Ular hujumchini futbol olamiga tanishtirishdi. Karpin potensialni sezdi va Eldorda o‘ziga bo‘lgan ishonchni uyg‘otdi. Bu transfer murabbiyning imijini oshiradi», — deya Kanchelskisning so‘zlarini keltiradi Sport24.

Mavzuga oid