Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘o‘s qishlog‘ida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbiri o‘tkazildi
Samarqand viloyati Urgut tumanidagi G‘o‘s qishlog‘ida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi. 6-7 avgust kunlari Urgutning Kamangaron va Vag‘ashi qishloqlarida ham bunday profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
Respublikadan Samarqand viloyatiga tashrif buyurgan ishchi gurux rahbarlari tomonidan mazkur qishloqlar aholisiga huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, odam savdosi, diniy ekstremizm va terrorizm kabi salbiy illatlarning oqibatlari haqida tushunchalar berilgan.
Shu bilan birga, oxirgi vaqtlarda yoshlar tomonidan jinoyat qilish holatlari ortib borayotgani, har xil ko‘rinishdagi ommaviy tartibsizliklar sodir etilayotgani aytildi va bunday holatlarda qonun ustuvor, jazo muqarrar ekani tushuntirilgan. Ishchi guruh vakillari shunga o‘xshash holatlar qayta takrorlangan taqdirda, jinoyat jazosiz qolmasligini eslatib, tadbirda qatnashgan ota-onalardan farzandlari tarbiyasiga e'tibor berishni so‘rashdi.
Ma'lumot uchun, bir muddat avval G‘o‘s qishlog‘i fuqarolari ularni haqqorat qilgan urgutlik fuqaroni samosud qilmoqchi bo‘lib tuman markazida to‘plangandi.
Mavzuga oid
12:31 / 08.04.2025
Urgutda giyohvand modda sotgan maktab direktori 10 yilga qamaldi
10:56 / 02.03.2025
Urgutga temiryo‘l liniyasi tortiladi
09:35 / 04.12.2024
Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi
11:38 / 17.11.2024