Surxondaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 yoshli qizaloq vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 4 yoshli qizaloq vafot etgan. Uni tezlik qoidalarini buzgan holda tez kelayotgan «Tiko» mashinasi urib yuborgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 4 avgust kuni Sariosiyo tumani Bog‘iston mahallasi hududidan o‘tuvchi mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan 4N 1623 avtomobil yo‘lining 7-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan «Tiko» mashinasini ishonchnomasiz boshqarib, e'tiborsizligi sababli yo‘lni kesib o‘tayotgan 4 yoshli qizaloqni urib yuboradi. Oqibatda qiz og‘ir tan jarohatlari olib, Sariosiyo tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, vafot etgan qiz Bog‘iston mahallasidagi qarindoshlarinikiga mehmonga kelgan va qarovsiz qoldirilgani tufayli avtomobil yo‘liga chiqib ketgan. Shuningdek, «Tiko» haydovchisi ham malakasi yetarli bo‘lmagan va u mashinani belgilangan me'yorlardan ortiq tezlikda boshqargan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Sariosiyo tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:53 / 19.11.2024
Chilonzorda avtobus va Lacetti to‘qnashdi
19:03 / 18.11.2024
PFL Superliga ramziy termasi e’lon qilinishini YTH qurbonlari xotirasiga bag‘ishladi
15:09 / 18.11.2024
Qashqadaryoda qo‘ylar podasini avtomobil urib yubordi
07:40 / 18.11.2024