Jamiyat | 15:30 / 08.08.2021
2261
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqanddagi xususiy bog‘chada 1 yoshli bola kaltaklangani aytilmoqda. Holat IIB tomonidan tekshirilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi xususiy bog‘chalardan birida 1 yoshli bola kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat IIB tomonidan tekshirilmoqda.

Samarqand viloyat IIB axborot xizmatining ma'lum qilishicha (https://t.me/samiibuz/11911), joriy yil 5 avgust kuni Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida yashovchi Sh.N., Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida, Samarqand shahridagi «Mechta» xususiy bog‘chasi tarbiyachisi, shu bog‘chada tarbiyalanadigan 1 yoshli farzandining yuz qismiga urganini bayon qilgan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 3-son IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid