Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko tez orada o‘z lavozimidan ketishini aytdi
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko tez orada prezident lavozimini boshqa kishi egallashi mumkinligini aytdi. U bu haqda mamlakatda 2020 yil 9 avgustda o‘tgan prezident saylovlarining bir yilligiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
Uning ta'kidlashicha, Belarus prezidenti lavozimini egallashga munosib 15-20 kishi bor.
“Men bu davlat bilan, u esa men bilan chambarchas bo‘lib ketdi. Men pensiyaga ketishim yoki boshqa ish bilan shug‘ullanishim kerakmi, bilmayapman. Hozircha buni tasavvur qila olmayapman. Bu prezident kursisiga jon-jahdim bilan yopishib olganimni anglatmaydi. Yo‘q. Mendan keyin boshqalar keladi. Tez orada. Biroq siz o‘z doirangizda bu qachon yuz berishi haqida bosh qotirmay qo‘ya qoling”, deb aytgan Belarus yetakchisi o‘zidan keyin kim prezident bo‘lishi haqidagi savolga javoban.
“Lukashenko qachon ketadi va boshqa shu kabi narsalar haqida fol ochmay qo‘ya qoling. Tez orada”, deb yana bir bor ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.
Uning fikricha, mamlakat bir yil avval to‘qnash kelgan siyosiy silsilalar ayni vaqtda Belarusga rahbarlik qilishga munosib 15-20 kishi borligini ko‘rsatdi.
“Ularning barchasi el nazaridagi odamlar. O‘tgan kunlar menga kim haqiqatda kimligini ko‘rsatdi. Ma'lum bo‘lishicha, bizda prezident bo‘la oladigan 15-20 kishi bor”, deb ta'kidlab o‘tgan Belarus rahbari.
Uning aytishicha, bu nomzodlarning barchasi qaysidir jihatlari bilan uning o‘ziga o‘xshaydi.
“Davlatiga sadoqati bilan. Ular ishonchli odamlar, hech kimga zug‘um qilmaydi. Ko‘pchilik ular uchun ovoz beradi. Ularning barchasi teng imkoniyatga ega bo‘ladi, biroq Belarusda normal, tajribali odamlar g‘alaba qozonadi”, deb aytgan prezident va muxolifat bu borada “istiqbolga ega emasligini” qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
20:28 / 07.05.2025
Lukashenko 8 ming mahkumga amnistiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
15:31 / 03.05.2025
Belarus O‘zbekistonda yig‘ma yog‘och uylarni ishlab chiqarishni tashkil etishi mumkin
22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi
18:00 / 25.03.2025