Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik tadbirkorlar hukumatning yuqori texnologiyalar sohasiga bosimi sababli 87 milliard dollar yo‘qotishdi
Financial Times va Bloomberg nashrlari hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoyning yuqori texnologiyalar sohasida ishlovchi yetakchi tadbirkorlarining umumiy boyligi iyun oxiridan beri 87 mlrd dollarga kamaydi. Aynan o‘shanda Xitoy hukumati ushbu sohaga bosimni kuchaytirishga kirishgan.
Iyunning ikkinchi yarmida Xitoyda Didi taksi xizmatiga nisbatan antimonopol tergov boshlangandan keyin mamlakatning yetakchi 20 nafar texnomagnati boyligi yuqori texnologiya kompaniyalari aksiyalari arzonlashishi ortida 16 foizga qisqargan.
Bu bosimdan Pinduoduo onlayn-riteyler asoschisi Kolin Xuan eng ko‘p zarar ko‘rgan: u o‘z boyligining uchdan bir qismini, ya'ni 15,6 mlrd dollar yo‘qotgan. Tencent internet-giganti asoschisi Poni Ma o‘z boyligining 20 foizini yoki 12 mlrd dollar yo‘qotgan. Alibaba asoschisi Jyek Maning boyligi iyun oxiridan beri 2,6 mlrd dollarga qisqargan. Umuman olganda, Ma 2020 yil noyabrda hukumat bosimi tufayli o‘ziga tegishli Ant Financial kompaniyasi IPO’sini bekor qilishiga to‘g‘ri kelgandan keyin 13 mlrd dollar yo‘qotgan.
Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, Ant Financial bilan bog‘liq vaziyat va Maga nisbatan tergov boshlanishi jadal rivojlanayotgan haytek sohasiga hukumat bosimining boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi
16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi
17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi
23:16 / 01.04.2025