Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yakkabog‘da koronavirusdan davolanayotgan bemorlardan kislorod ballonlari uchun pul yig‘ilayotgani aytildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirusdan davolanayotgan bemorlarga kislorod ballonlari yetishmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda bemorlardan ularni kislorod ballonlari bilan ta'minlash uchun pul yig‘ilayotgani ham aytilgan. Tuman hokimligi axborot xizmati holatga izoh berdi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu xabar yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlari bilan yuqumli kasalliklar shifoxonasida o‘rganish olib borilgan.
O‘rganish davomida, bemorlarga kislorod ballonlari yetishmayotgani hamda kislorod ballonlari bilan ta'minlash uchun ulardan pul yig‘ilayotgani to‘g‘risidagi gaplar o‘z isbotini topmagan.
Tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Sarvar Jo‘rayevning ma'lum qilishicha, Yakkabog‘ tumani yuqumli kasalliklar shifoxonasida jami 45 dona kislorod balonlari bor. Ularni har kuni to‘ldirib kelishda hech qanday muammo bo‘lmagan.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor
16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi
22:03 / 19.03.2025