Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada harorat 48 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi sakkizta shaharda harorat xavfining qizil darajasini e'lon qildi.
Ushbu haftada Italiya janubida havo harorati 48 darajaga yetishi mumkin, deb xabar bermoqda Ansa.
Xabarda aytilishicha, bunga Afrikadan keladigan subtropik antitsiklon sabab bo‘ladi. Italiya sog‘liqni saqlash vazirligi sakkizta shaharda harorat xavfining qizil darajasini e'lon qildi.
Italiyaliklar soat 11dan 18gacha ko‘chaga chiqmaslik, issiq vaqtda jismoniy zo‘riqishlardan qochishga chaqirilmoqda.
Bundan tashqari, ko‘p suv ichish, o‘ta sovuq va alkogolli ichimliklar ichmaslik tavsiya qilinmoqda.
Avvalroq olimlar Yer yuzidagi harorat rekord darajada oshib borayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
23:51 / 19.05.2025
Olimlar jazirama va suv toshqinlarining yashirin xavfini aniqladi
15:50 / 19.05.2025