Rossiyaning Tojikistondagi bazasiga yangi qurollar keltirildi
Xabar qilinishicha, barcha yangi qurollardan Tojikiston va O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarda foydalanildi.
Rossiyaning Tojikistondagi harbiy bazasiga yangi qurollar - "Verba" ko‘chma zenit raketa majmualari, "Kalashnikov" AK-12 avtomatlari, zamonaviy snayper vintovkalari keltirildi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 201-harbiy baza, shuningdek, Makarov to‘pponchalari o‘rniga Yarigin to‘pponchalari, o‘tochar qurollarga ham ega bo‘lgan.
"Barcha yangi qurollardan Tojikiston va O‘zbekiston bilan hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarda foydalanildi", - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiyaning Afg‘oniston bilan chegara yaqinida, Xatlon viloyatidagi «Harbmaydon» poligonida 1 avgustda boshlangan harbiy mashqlari 10 avgust kuni yakunlandi.
10 kunlik mashg‘ulotlarga uch davlat armiyasining 2,5 mingdan ortiq askar va ofitserlari, 500 ta harbiy texnika va artilleriyasi, 25 ta jangovar samolyot va vertolyotlari jalb qilindi.
Mavzuga oid
22:08
Putin Kursk oblastini qaytarish muddatini belgiladi - Zelenskiy
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18