Jahon | 21:24 / 10.08.2021
16363
2 daqiqa o‘qiladi

Styuardessa yorqin reklama uchun dunyodagi eng baland bino uchida 5 soat o‘tkazdi

Nikol Smit-Lyudvik ismli styuardessa Emirates aviakompaniyasining reklama roligi uchun dunyoning eng baland binosi – Dubaydagi Burj-Xalifa uchida 5 soat o‘tkazdi.

Avianews nashrining xabar berishicha, styuardessa maxsus effektlar va “yashil fon” qo‘llanmagan holda olinishi rejalashtirilgan reklamada suratga tushishga rozi bo‘lgan ko‘ngillilardan biri bo‘lgan.

Reklamaning suratga olinishi oldidan aviakompaniyaga tegishli angarlardan birida Smit-Lyudvik parashyutdan sakrash bo‘yicha instruktor bilan repetitsiya o‘tkazgan. U 828 metr balandlikda turib, reklama shiorlari yozilgan tablichkalarni birin-ketin ko‘rsatishi kerak bo‘lgan.

Suratga olish kuni jamoa Burj-Xalifaning eng yuqori nuqtasiga 1 soat 15 daqiqa davomida ko‘tarilgan. Bino uchida reklama roligi qahramonini uchta xavfsizlik trosi ushlab turgan: ulardan ikkitasi bino uchiga, yana bittasi esa suratga olish ishlari uchun maxsus yaratilgan platformaga mahkamlangan. Troslarning barchasi styuardessa uniformasi ostiga yashirilgan.

E'tiborlisi, Smit-Lyudvik bino uchida 5 soat turishiga to‘g‘ri kelgan. Bu vaqt davomida suratga olish guruhi bir dron yordamida bir nechta bozorlar uchun reklama roliklarini suratga olgan.

Mavzuga oid