Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tolibon» Afg‘onistondagi yana bir viloyat markazini qo‘lga kiritdi
Toliblarning ma'lum qilishicha, gubernator ma'muriyati jangarilar nazoratiga o‘tgan.
«Tolibon» Afg‘onistonning Farah viloyati markazi bo‘lgan Farah shahrini egalladi. Bu haqda harakat vakili Zabihullo Mujohid o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.
"Islom amirligi jangchilari "Al-Fath" operatsiyasi davomida Farah markazini qo‘lga kiritdi", — deb yozdi Mujohid.
Toliblarning ma'lum qilishicha, gubernator ma'muriyati jangarilar nazoratiga o‘tgan.
O‘z navbatida, Tolo News telekanali Farahning katta qismi bosib olinganini xabar qildi.
9 avgust kuni toliblar Samanganning Aybak shahrini o‘z nazoratiga olgani haqida xabar qilingandi. Bundan oldin ular Nimroz, Juzjon, Kunduz, Saripul va Taxor viloyatlari poytaxtlarini egallab olgan.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025