Jahon | 14:57 / 11.08.2021
30251
2 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston moliya vaziri mamlakatni tark etdi

Sakkiz oy avval ushbu lavozimni egallagan Xolid Painda rasmiy tashrif doirasida mamlakatdan chiqib ketgan.

Afg‘oniston moliya vaziri vazifasini bajaruvchi Xolid Painda «Tolibon» hujumlari kuchayishi fonida mamlakatni tark etdi, deb xabar berdi TOLO News telekanali o‘z manbalariga tayanib.

Moliya vazirligi maktubida aytilishicha, sakkiz oy avval ushbu lavozimni egallagan Painda rasmiy tashrif doirasida mamlakatdan chiqib ketgan. Paindaning o‘rnini uning o‘rinbosari egallagan. Telekanal manbalarining so‘zlariga ko‘ra, Xolid Painda Afg‘onistonga qaytmaydi.

TOLO News suhbatdoshlari Paindaning Afg‘onistonni tark etishini mamlakatdagi to‘qqizta asosiy port «Tolibon» nazoratiga o‘tgani bilan bog‘lamoqda, bu davlat daromadlarining teng yarmiga kamayishiga olib kelgan. 

Toliblar 6 avgustdan buyon to‘qqizinchi shaharni qo‘lga kiritdi. Badaxshon viloyati markazi Fayzobod shahri ham ular nazoratiga o‘tdi. Avvalroq «Tolibon» Farah, Puli-Xumri, Saripul, Shibirg‘on, Aybak, Qunduz, Talukan va Zaranj shaharlarini egallagandi.

Mavzuga oid