Jahon | 22:31 / 11.08.2021
13778
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi

Qayd etilishicha, sinov qurollanish tizimlarining shayligini monitoring qilish uchun o‘tkazilgan.

Amerika harbiylari Minuteman III qit'alararo ballistik raketa sinovini o‘tkazdi. 

«576-sinov eskadrilyasi uchuvchilari hamkorlarimiz bilan Minuteman III raketasi sinovini o‘tkazdi», — deyiladi Pentagon xabarida.

Qayd etilishicha, sinov qurollanish tizimlarining shayligini monitoring qilish uchun o‘tkazilgan.

May oyida Minuteman III raketasi sinovi muvaffaqiyatsiz bo‘lgani xabar qilingandi.

Ochiq manbalarga ko‘ra, AQSh 450 dona Minuteman III raketasiga ega. Raketaning hujum radiusi 12 ming kilometrgacha masofani qamrab oladi.

Mavzuga oid