O‘zbekiston | 10:23 / 11.08.2021
18381
3 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik bemorlar 900dan oshiq, ikki kasallikdan yana 10 bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 903 kishida koronavirus, 472 kishida pnevmoniya aniqlanib, ikki kasallikdan jami 10 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 10 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 139285 (+903) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 93 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 39 nafari Andijon viloyatida,
  • 19 nafari Buxoro viloyatida,
  • 75 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 18 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 95 nafari Samarqand viloyatida,
  • 24 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 94 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 85 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 39 nafari Xorazm viloyatida,
  • 97 nafari Toshkent viloyatida,
  • 161 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 95 nafar,
  • Buxoro viloyatida 18 nafar,
  • Jizzax viloyatida 66 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 34 nafar,
  • Navoiy viloyatida 23 nafar,
  • Namangan viloyatida 43 nafar,
  • Samarqand viloyatida 127 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 96 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 76 nafar,
  • Xorazm viloyatida 51 nafar,
  • Toshkent viloyatida 82 nafar,
  • Toshkent shahrida 121 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 132613 (+832) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlarning 7 nafari vafot etib, rasmiy statistikaga ko‘ra kasallikdan vafot etganlar soni 948 nafarni tashkil qildi.

SSV 10 avgust kuni 472 kishida pnevmoniya aniqlanib, jami holatlar soni 15871taga yetgani haqida xabar berdi. So‘nggi bir kunda ularning 520 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 8641 nafarni tashkil qilmoqda. 

Shuningdek, 3 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 106 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda jami 11 million dozadan ortiq vaksina qo‘llandi.

10 avgustda mamlakat hududlari bo‘ylab COVID-19ga qarshi 422 221 doza vaksina qo‘llandi. Shundan:

  • 1-bosqich emlanganlar 389 028 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 27 848 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 5 345 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha mamlakatda jami 11 085 505 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 7 776 523 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 405 161 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 903 821 nafarni tashkil qildi. 

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 365 582 nafarni tashkil qilmoqda.

10 avgust kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Samarqand viloyati (56 252 doza), 
  • Qashqadaryo viloyati (54 143 doza),
  • Toshkent viloyati (52 290 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Namangan  viloyatida 1 269 662 doza, 
  • Farg‘ona viloyatida 1 271 374 doza, 
  • Andijon viloyatida 1 191 907 doza
  • Samarqand viloyatida 1 128 181 dozani tashkil qilmoqda.

Mavzuga oid