O‘zbekiston | 07:49 / 11.08.2021
6509
1 daqiqa o‘qiladi

Traktor ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan 72,5 foizga kamaydi

6 oyda 173 dona traktor va 383 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-iyun oylarida jami 173 dona traktor ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 72,5 foizga kamaygan.

Ishlab chiqarilgan traktorlar soni (yanvar-iyun oylarida):

  • 2019 yil - 602 dona;
  • 2020 yil - 630 dona;
  • 2021 yil - 173 dona.

2021 yilning yanvar-iyun oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarish sanoatida jami 383 dona kultivator ishlab chiqarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 43,1 foizga kamaygan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid