Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas Reebok brendini 2,1 milliard yevroga sotmoqda
Dunyoda sport tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha 2-raqamli kompaniya Adidas AG o‘ziga tegishli Reebok brendini AQShning Authentic Brands Group kompaniyasiga sotishga qaror qildi.
Adidas bayonotida ta'kidlanishicha, kompaniya to‘lanadigan summaning katta qismini bitim yopilishi vaqtida, qolganini esa muayyan shartlar bajarilsa oladi.
Tomonlar bitimni 2022 yilning 1-choragida yopishni rejalashtirmoqda. Adidas o‘z brendi sotilishidan qo‘lga kiritadigan mablag‘ning katta qismini aksiyadorlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirmoqchi.
Nemis kompaniyasi Reebok’ni 2006 yilda Rockport, CCM Hockey va Greg Norman brendlari bilan birga sotib olgan. Keyinroq u ushbu brendlarni sotib yuborgan va ular uchun umumiy hisobda 400 mln yevroga yaqin pul olgan.
Adidas aksiyalari ushbu yangilikdan keyin 1,6 foizga qimmatlashdi. Ularning narxi joriy yil boshidan umumiy hisobda 5 foizga oshgan.
Authentic Brands Group 30dan ko‘proq brendga, jumladan Spors Illustrated, Brooks Brothers va Nine West’ga egalik qiladi.
Mavzuga oid
21:49 / 08.05.2025
Adidas va Volkswagen natsistlarning hokimiyat tepasiga kelishiga javobgarligini tan oldi
20:29 / 31.07.2024
Adidas supermodel Bella Xadid ishtirokidagi krossovka reklamasini o‘z resurslaridan olib tashladi
12:20 / 02.04.2024
Adidas Germaniya milliy jamoasi futbolkalaridan 44-raqamni olib tashladi
16:45 / 05.12.2023