O‘zbekiston | 08:09 / 12.08.2021
11502
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda eng ko‘p benzin qaysi hududda ishlab chiqarilgani ma'lum bo‘ldi
Eng ko‘p avtomobil benzini Buxoroda ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, respublikada 2021 yilning yanvar-iyun oylarida yirik korxonalar tomonidan 546,5 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ishlab chiqarish hajmidagi o‘sish 4,6 foizni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqarish 2021 yilning:
- yanvar oyida 93,9 ming tonna (o‘sish sur'ati 0,3 foiz);
- yanvar-fevral oylarida 185,3 ming tonna (7,4 foiz);
- yanvar-mart oylarida 291,3 ming tonna (3,0 foiz);
- yanvar-aprel oylarida 368,6 ming tonna (0,8 foiz);
- yanvar-may oylarida 456,2 ming tonna (3,4 foiz)ni tashkil etdi.
Avtomobil benzini ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan avtomobil benzinining jami hajmida eng yuqori ulushlar Buxoro viloyati 78,8 foiz, Farg‘ona viloyati 21,1 foiz hamda 0,1 foiz bilan Qashqadaryo viloyati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Mavzuga oid
09:51 / 21.11.2024
Buxoroning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
20:55 / 20.11.2024
“Eski, sovuq sinfxonalarda o‘qiyapmiz” – Buxoroda qurilishi bitmagan maktab-internat o‘quvchilari sarson bo‘lyapti
18:39 / 20.11.2024
2024 yilda Qirg‘izistondan O‘zbekistonga gaz eksporti 5 barobar oshdi
18:24 / 20.11.2024