O‘zbekiston | 09:21 / 12.08.2021
2583
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda mast haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlik ta'sirida bo‘lgan haydovchi mashina boshqarib, odam urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 10 avgust kuni soat 00:15 larda M41 Bishkek-Dushanbe-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Qumqo‘rg‘on tumani Ajdarsoy mahallasi hududidan o‘tuvchi 1539-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Nexia-3 mashinasi haydovchisi harakatlanish jarayonida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida ketayotgan erkakni urib yuborgan. Oqibatda og‘ir tan jarohatlari olgan piyoda vafot etgan.

Dastlabki surishtiruv va ekspertiza natijalariga ko‘ra, haydovchi spirtli ichimliklar ta'siri ostida mast bo‘lgan. Shuningdek, vafot etgan shaxsning turmush o‘rtog‘i avvalroq vafot etib, qaramog‘ida 5 nafar farzandi borligi ma'lum bo‘lgan.

Mavzuga oid