Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadbirkorlardan murojaat qabul qilish yakunlandi: ularni eng ko‘p nimalar qiynamoqda?
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan avval tadbirkorlardan murojaatlar qabul qilish yakunlandi. Jamoatchilik tomonidan kutilayotgan ochiq muloqot oldidan maxsus shtabga 15 mingdan ziyod murojaat kelib tushgan. Eng kam murojaat davlat xaridlari, korrupsiya va byurokratik to‘siqlarga oid.

10 avgustda tadbirkorlar murojaatlarini qabul qilish yakunlandi, shu paytgacha maxsus shtabga 15 309 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda 12 avgust kuni investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilindi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Yakuniy tahlillarga ko‘ra, tadbirkorlardan biznesni moliyalashtirish, kreditlashtirish va subsidiyalar borasida eng ko‘p murojaat kelib tushgan.
Eng kam murojaatlar korrupsiya va davlat xaridlariga oid.
Murojaatlar sohalar bo‘yicha quyidagicha:

Hududlar kesimida tahlil qilinganda aksariyat masalalar Toshkent shahri (1 564 ta), Surxondaryo (1 395 ta), Toshkent (1 357 ta), Qashqadaryo (1 288 ta) va Farg‘ona (1 250 ta) viloyatlaridan kelib tushgan.
Kelib tushgan murojaatlarning 81,1 foizdan ortig‘i hal etilgani aytilmoqda.
Avvalroq, ochiq muloqot avgustning birinchi yarmida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
14:12 / 28.04.2025
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
14:35 / 18.02.2025
“Yosh tadbirkorlar” raqamli platformasi joriy etiladi
11:50 / 18.02.2025
Namanganda gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelgan tadbirkor aniqlandi
18:54 / 17.02.2025