Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Usmonxon Alimov hamon Moskvada davolanayotgani ma'lum qilindi
Muftiy Usmonxon Alimovning davolanishi davom etmoqda. O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati tegishli xabar bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, Moskva shahrida joylashgan klinikalardan birida davolayotgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov o‘pka va qon-tomir kasalliklari, xususan o‘pka pnevmoniyasi bo‘yicha muolajalar olmoqda.
«Ayni kunlarda hazratning holatlari barqaror. Davolash tadbirlari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiyot sohasining ilg‘or yutuqlarini qo‘llagan holda davom ettirilmoqda», deyiladi ma'lumotda.
Joriy yil iyul oyi oxirlarida muftiy Usmonxon Alimov Moskva shahrida o‘pka-qon tomir kasalliklari muolajasini o‘tayotgani xabar berilgandi.
Undan oldin, Usmonxon Alimovning salomatligi to‘g‘risida internetda tarqalayotgan xabarlarga munosabat bildirilgandi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kun.uz’ga muftiy Usmonxon Alimov salomatligini yaxshilash uchun navbatdagi davolanish muolajalarini olayotganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:25 / 28.05.2025
Sobyanin: Moskva yaqinida 30 dan ortiq dron yo‘q qilindi
07:41 / 10.05.2025
Moskvada Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
19:49 / 08.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Moskvaga yetib bordi
14:35 / 08.05.2025