Xo‘jaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari yurak xuruji va o‘pka pnevmoniyasidan vafot etdi
Xo‘jaobod tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Ikromjon Teshaboyev 12 avgust kuni yurak xuruji va o‘pka pnevmoniyasi sababli vafot etdi.
U 1980 yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. 2008 yili Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini (sirtqi) tamomlagan.
Ikromjon Teshaboyev 2020 yildan buyon Xo‘jaobod tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat qilib kelayotgan edi.
Avvalroq Andijon tumaniga uzoq yillar hokimlik qilgan Hasanboy Hakimov pnevmoniyadan, Qo‘rg‘ontepa tumani moliya bo‘limi boshlig‘i To‘xtasin Usmonov esa o‘tkir buyrak yetishmovchiligi tufayli vafot etgani xabar qilingan edi.