Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Afg‘onistondagi elchixonasini Kobul aeroportiga ko‘chirishi mumkin
AQSh Afg‘onistonda xavfsizlik ta'minlanishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotgani sababli o‘z elchixonasini Kobul aeroportiga ko‘chirishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib CNN telekanali xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, AQSh rahbariyati elchixona xodimlari xavfsizligini ta'minlashning turli variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu variantlar ichida elchixonaning aeroport hududiga ko‘chirilishi ehtimoli yuqori, chunki bu zarurat yuzaga kelganda qisqa vaqt ichida amerikalik diplomatlarni Afg‘onistondan olib chiqishga imkon beradi. AQSh ma'muriyati elchixona hozirgi joyida qoldirilsa, aeroport va elchixona o‘rtasida harakatlanish xavfli bo‘lishi mumkinligidan xavotirlanmoqda.
Avvalroq Reuters axborot agentligi AQSh davlat departamenti Kobuldagi elchixonaning ko‘plab xodimlari evakuatsiya qilinishini e'lon qilishi kutilayotgani, bunda amerikalik harbiylar yordam berishini ma'lum qilgan. Bu maqsadda ushbu hududga qisqa muddatga qo‘shimcha kuchlar tashlanadi.
AQSh ma'muriyati vakili CBS telekanaliga Kobuldagi Hamid Karzay nomidagi aeroportga elchixona xodimlarini evakuatsiya qilish uchun qo‘shimcha kuchlar jo‘natilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025