Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Markaziy Osiyoda AQSh qo‘shinlari joylashtirilishi ehtimolini baholadi
Sergey Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistondagi voqealar Markaziy Osiyoga yoyilishidan xavotirda.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXShTga a'zo mamlakatlar o‘z hududlarida Amerika qo‘shinlari joylashtirilishidan manfaatdor emasligini aytdi.
«Amerikaliklar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan ularning hududida Afg‘onistondan olib chiqib ketilayotgan qurolli kuchlarining bir qismini joylashtirishga kelishishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo bu masalada bizning pozitsiyamiz Qozog‘iston, Tojikiston, O‘zbekiston pozitsiyasi bilan mos tushmoqda. Bu hech kimga kerak emas», — dedi u.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistondagi voqealar Markaziy Osiyoga yoyilishidan xavotirda.
U shuningdek, Moskva Afg‘onistondagi bugungi holatdan qoniqmayotgani va tezroq muzokaralar jarayonini boshlashga chaqirishini aytdi.
13 avgust kuni «Tolibon» harakati jangarilari Lashkargoh shahrini egalladi. Ular bir kun avval Qandahorni nazorat ostiga olgandi. Bundan tashqari, Hirot shahri ham toliblar qo‘liga o‘tgan.
Bunga qadar esa jangarilar Nimro‘z, Juzjon, Saripul, Kunduz, Tohar, Samangan, Farah, Bog‘lon va Badaxshon viloyatlari markazlarini egallagandi.
Mavzuga oid
13:31 / 28.05.2025
Markaziy Osiyo ekspertlari mintaqaning 2050 yilgacha bo‘lgan rivojlanish ssenariylari ustida ishlamoqda
16:42 / 24.05.2025
O‘zbekistonda "Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi" iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi
14:39 / 24.05.2025
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi
23:03 / 23.05.2025