O‘zbekiston | 17:00 / 13.08.2021
3242
2 daqiqa o‘qiladi

Respublika bo‘yicha kanalizatsiya tizimi bilan ta'minlanganlik darajasi 17 foizni tashkil etadi - “O‘zsuvta'minot”

13 avgust kuni AOKAda “O‘zsuvta'minot” AJ mas'ullari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda sohada bugungi kundagi muammolar va ularning yechimi bo‘yicha ma'lumotlar berildi.

“O‘zsuvta'minot” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Tohir Haydarov matbuot anjumanida quyidagi raqamlarni keltirdi:

– 2021 yil 1 yanvar holatiga jami 34 mln 211,3 ming aholining 22 mln 255,5 ming yoki 65,1 foizi markazlashgan ichimlik suv bilan ta'minlangan bo‘lsa, 2 mln 992,9 ming yoki 8,7 foiz aholiga ichimlik suv maxsus transport vositalari orqali yetkazib beriladi va 8 mln 962 ming yoki 26,2 foiz aholi muqobil manbalar (buloq, quduq, soy va boshqalar)dan foydalanadi.

Respublikadagi mavjud 10 ming 275 ta ichimlik suv inshootlarining loyihaviy quvvati 13 mln 115 ming m³/sutka bo‘lib, amalda 8 mln 171 ming m³/sutka bilan ishlab kelmoqda. Ushbu inshootlardan 2 568 tasi ta'mirtalab holatga kelib qolgan.

Mavjud 72 ming km ichimlik suv tarmoqlaridan 27,3 ming km (37,9 foizi) ta'mirtalab holatda.

Respublikada jami 58 ta oqova suv tozalash inshooti mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 3 mln 821 ming metr kub/sutkani tashkil etadi. Jami 8 621 km oqova suv quvurlari mavjud bo‘lib, 1 919 km ta'mirtalab holatda. Respublikada oqova suv xizmatlari bilan ta'minlanganlik darajasi 17 foizni tashkil etadi.

Аброр Зоҳидов
Tayyorlagan Аброр Зоҳидов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid