O‘zbekiston | 10:34 / 14.08.2021
1353
1 daqiqa o‘qiladi

Talabaning o‘qishini Andijon davlat universitetiga ko‘chirib berishni va'da qilgan inspektor ushlandi

Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori o‘qishni ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan paytda ushlangan.

Andijon davlat universitetining tijoratlashtirish bo‘limi inspektori X.B. fuqaro N.ning qarindoshining Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh davlat universitetidagi o‘qishini vakolatli tanishlari orqali universitetning “Mehnat” fakultetiga 2-bosqichdan ko‘chirib berish evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan (https://t.me/Department_uz/836).

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Andijon davlat universiteti katta o‘qituvchisi va boshqa bir fuqaro o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga pul olayotganda ushlanganligi xabar qilingan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid