O‘zbekiston | 15:56 / 16.08.2021
2720
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda savdoga chiqarilgan radar va kameralar o‘rnatish joylaridan biri qariyb 17 million so‘mga sotildi 

Foto: KUN.UZ

Avgust oyida Buxoro viloyatining shahar va tumanlari hududidan radar va kameralar o‘rnatish huquqi bo‘yicha 62 ta joy sotuvga chiqarildi.

new.e-auksion.uz portalidagi ochiq ma'lumotlarga ko‘ra, joylarning savdodagi boshlang‘ich bahosi 735 ming so‘mdan 4,9 million so‘mgacha baholangan.

Bo‘lib o‘tgan savdolarda Buxoro shahri, G‘ijduvon, Romitan, Jondor, Buxoro va Olot tumanlari hududidan savdoga qo‘yilgan 14 ta lot jismoniy shaxslar tomonidan yutib olingan. Eng qimmat joy Buxoro shahri hududida bo‘lib, u 16 million 905 ming so‘mga sotilgan. 48 ta joy esa esa talabgor bo‘lmagani sababli auksion o‘tkazilmagan deb topilgan. 

Oldinroq iyul oyida ishga tushirilgan onlayn ishlovchi fotoradar va kameralar to‘g‘risida ma'lumot berilgandi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid