Sherobodda O‘zbekiston va Afg‘oniston harbiy samolyotlari to‘qnashib ketgani ma'lum bo‘ldi
14–15 avgust kunlari Afg‘onistonning 22 ta harbiy samolyoti va 24 ta harbiy vertolyoti O‘zbekiston havo hududi chegarasidan noqonuniy o‘tdi. Ularda jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi ma'lum qildi.
Samolyot va vertolyotlar majburiy ravishda Termiz xalqaro aeroportiga qo‘ndirilgan.
Qayd etilishicha, 15 avgust kuni Qarshi shahridagi “Xonobod” aeroportiga qo‘nish uchun ruxsat so‘ragan Afg‘oniston Islom Respublikasining 3 ta “Embrayyer-314” rusumli harbiy samolyoti Termiz aeroportiga qo‘nish to‘g‘risida ogohlantirilib, ular O‘zbekiston Respublikasining 2 ta “MiG-29” rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.
“Lekin kuzatuv davomida “Embrayyer-314” va “MiG-29” rusumli samolyotlar to‘qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari parashyut (katapult) orqali yerga tushishgan”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Ta'kidlanishicha, shu kuni 158 nafar afg‘on fuqarolari va qurollangan harbiy xizmatchilari daryo orqali Termiz tumani hududiga qonunga xilof ravishda o‘tishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b” (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston Respublikasiga kirish jinoyati bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilishi) bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergovni Bosh prokuratura olib boryapti.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:40 / 09.11.2024
MIBning Andijon va Farg‘ona viloyatlari boshqarmasi rahbarlari o‘zgardi
18:05 / 06.11.2024