Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tolibon” Kobulda bosqinchiliklarga aloqadorlarni hibsga olishni boshladi
Afg‘onistonda hokimiyatni egallagan “Tolibon” harakati “jinoyatlarga aloqadorlarni” ommaviy tarzda hibsga olishni boshladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulla Mujohid Twitter’da ma'lum qildi.
“Jinoyatlarga aloqador ko‘plab shaxslar hibsga olindi. Hech kimga sobiq amaldorlar uylariga kirib, ulardan mashinalar talab qilib, tahdid qilishga ruxsat berilmaydi. Bunday jinoyatchilarga jiddiy munosabatda bo‘linadi, ular jiddiy ta'qiblarga uchraydi”, deb yozgan Mujohid.
Uning ta'kidlashicha, Kobulning aksariyat aholisi toliblarning hokimiyat tepasiga kelganidan mamnun va o‘zlarini xavfsiz his qilmoqda.
15 avgust kechasi Kuchi qabilasi yetakchilaridan biri uning uyiga qurollangan kishilar bostirib kirib, mashinasi va uyi kalitini talab qilganini ma'lum qilgan.
Ariana News afg‘on telekanalining toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rahbari o‘rinbosari Abdulla Salom Hanafiyga tayanib xabar berishicha, “Tolibon” davlat xizmatchilarini o‘z ishlariga qaytishga chaqirgan.
“Diplomatik missiyalar, harbiy bazalar va fuqarolik idoralari xodimlari hech narsadan xavotirlanmay o‘z ishlarini davom ettirishlari mumkin. Hech kimning huquqi kamsitilmaydi. Ayollar ishga hijobda chiqishlari mumkin”, deb aytgan Hanafiy.
“Tolibon koalitsiyaviy hukumatni tashkil etishga asos tayyorlamoqda va biz, barcha afg‘onlar, unda ishtirok etamiz. Biror-bir afg‘on avvalgi hukumatda ishlagan odam haqida qayg‘urmasligi kerak. Davlatimizga xizmat qilamiz. Xoh fuqarolik, xoh harbiy sektor bo‘lsin, hech kim imtiyozni yo‘qotmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan “Tolibon” vakili.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025