O‘zbekiston | 21:04 / 17.08.2021
4690
1 daqiqa o‘qiladi

Abdulaziz Komilov Turkiya tashqi ishlar vaziri bilan Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17 avgust kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘li bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston—Turkiya hamkorligining turli masalalari muhokama qilindi. Mintaqaviy siyosatning ayrim jihatlari, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Komilov turkiyalik hamkasbiga Turkiyada yaqinda yuz bergan tabiiy ofatlar va ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid